TEGIO

TEGIO maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-11-23

Ushbu siyosat TEGIO platformasi qanday shaxsga doir ma’lumotlarni, nima uchun qayta ishlashini va ularni qanday himoya qilishini O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq tushuntiradi. Operator — 10-bo‘limda ko‘rsatilgan Ijrochi.

1. Qanday ma’lumotlar yig‘iladi

  • Muassasa mehmonlari: telefon raqami (sodiqlik kartasi uchun kirganda), shtamp va sovg‘alar, fikr va baholar, stoldan buyurtmalar (tarkibi, stol raqami, izoh), interfeys tili. Kirmasdan sahifa anonim ochiladi.
  • Mijozlar va ularning xodimlari: ism, telefon raqami, rol, Telegram chat_id (ulangan bo‘lsa), muassasa ma’lumotlari, menyu va rasmlar, kabinetdagi amallar tarixi, to‘lov ma’lumotlari (summa, kartaning oxirgi 4 raqami, chek rasmi).
  • Potensial mijozlar (muassasalar): ochiq manbalardagi (OpenStreetMap va b.) muassasa ma’lumotlari — nomi, manzili, telefoni, sayti, ijtimoiy tarmoqlari — va biz bilan yozishmalar.
  • Texnik ma’lumotlar: IP manzil, qurilma va brauzer turi, xatolar jurnali — xavfsizlik va xizmat ishlashi uchun.

2. Nima uchun

  • Xizmat ishlashi: menyuni ko‘rsatish, shtamp berish, buyurtma va fikrlarni qabul qilish, tasdiqlash kodi bilan kirish.
  • Mijozga buyurtma, fikr va to‘lov haqida Telegram orqali xabar berish.
  • Obuna to‘lovini qabul qilish va tekshirish.
  • Xavfsizlik: firibgarlik, suiiste’mol va kodlarni taxmin qilishdan himoya.
  • Muassasalar bilan TEGIO xizmati haqida bog‘lanish — faqat ish vaqtida, ommaviy yuborishsiz va rad etish imkoni bilan.

3. Huquqiy asoslar

  • Sub’ektning roziligi (Mehmon telefon raqamini kiritadi, Mijoz ro‘yxatdan o‘tib ofertani qabul qiladi), Mijoz bilan shartnomani bajarish va qonun talablari.
  • Rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish mumkin — 7-bo‘limga qarang.

4. Ma’lumotlar kimga beriladi

  • Mehmon shtamp olgan, fikr yoki buyurtma qoldirgan muassasaga — faqat shu ma’lumotlar va faqat shu muassasaga.
  • Xizmat ishlashiga yordam beradigan qayta ishlovchilarga: Supabase (ma’lumotlar bazasi va fayllar), Vercel (sayt hostingi), Telegram (tasdiqlash kodlari va bildirishnomalar), SMS provayder (tasdiqlash kodlari), Google Gemini / Anthropic (AI funksiyalari: menyu va matnlarni qayta ishlash, Mehmonlarning telefon raqamlarisiz).
  • Davlat organlariga — faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda.
  • Biz shaxsga doir ma’lumotlarni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.

5. Ma’lumotlar qayerda saqlanadi

  • Ma’lumotlar Supabase Inc. bulut serverlari (Hindiston, Mumbay mintaqasi)da saqlanadi. Biometrik va genetik ma’lumotlarni yig‘maymiz.
  • Transchegaraviy uzatish «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonun talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

6. Saqlash muddati

  • Mehmon ma’lumotlari — sodiqlik kartasidan foydalanayotgan davrda; 2 yildan ortiq faol bo‘lmasa o‘chirilishi mumkin.
  • Mijoz ma’lumotlari — shartnoma amal qilgan davrda va undan keyin 90 kun; moliyaviy yozuvlar — soliq qonunchiligida talab qilingan muddatda.
  • Texnik jurnallar — 90 kungacha.

7. Sizning huquqlaringiz

  • Qanday ma’lumotlar qayta ishlanayotganini bilish, nusxasini olish, tuzatish, o‘chirishni talab qilish va rozilikni qaytarib olish.
  • Mehmon ma’lumotlarini o‘zi o‘chirishi mumkin: muassasa sahifasi → «Sodiqlik kartasi» → «Ma’lumotlarimni o‘chirish», yoki bizga yozing.
  • Murojaatlar 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

8. Himoya

  • Shifrlangan ulanish (HTTPS), ma’lumotlar bazasi darajasida kirishni cheklash, adminlar uchun ikki bosqichli autentifikatsiya, amallar jurnali, urinishlar sonini cheklash.
  • Ma’lumotlar sizib chiqsa, vakolatli organni 24 soat ichida va zarar ko‘rgan foydalanuvchilarni xabardor qilamiz.

9. Cookie va mahalliy xotira

  • Faqat ishlash uchun zarurlari ishlatiladi: tanlangan til, kirish sessiyasi, buyurtma savati. Reklama va uchinchi tomon kuzatuv cookie’lari yo‘q.

10. Operator va aloqa

  • Ijrochi: Murotov Farhodjon Shuxratovich, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs.
  • STIR: Mijozning so‘roviga binoan taqdim etiladi va to‘lov chekida ko‘rsatiladi.
  • Elektron pochta: info@tegio.uz. Telegram: @tegio_otpbot.
  • Sayt: tegio.uz. Kabinet: app.tegio.uz.